PDA

View Full Version : Bügünki Özbekistan



Unregistered
05-08-06, 15:21
BUGUN O`ZBEKISTON MATBUOTIDA

Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida joriy yilning 12-13 may kunlari Andijon shahrida terrorchilik harakatlari va boshqa o`ta o`ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan 15 nafar shaxs ustidan ochiq sud jarayoni davom etmoqda. Bugun ham sizlarni mazkur sud majlisi xususida O`zbekiston matbuotida chop etilgan maqolalar sharhi bilan tanishtiramiz.

"O`zbekiston ovozi" gazetasining bugungi (15 oktyabr) sonidan o`rin olgan "Haqiqat ko`zgusi" nomli maqolada Andijon voqealari, xorijiy ommaviy axborot vositalarida qayta-qayta ta'kidlanayoganidek, "tinch aholi namoyishi emas, balki avvaldan puxta rejalashtirilgan va asosiy maqsadi O`zbekistondagi tinch hayotni izdan chiqarish, davlat tuzumini a`darishdan iborat qonli harakat bo`lgani qayd etilgan. Ayblov xulosalarida ta'kidlanganidek, o`sha mash'um voqealar oqibatida jami 187 kishi halok bo`lgan, ularning 60 nafari tinch aholi vakillari, ikki nafar voyaga yetmagan bola va bittasi ayol bo`lgan. Terrorchilar tomonidan 31 nafar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari va harbiy xizmatchilar o`ldirilgan.

Terrorchilik hurujlari vaqtida yarador bo`lganlarning soni 287 nafarni tashkil etdi. Ulardan 91 nafari tinch aholi vakillaridir. Maqolada sud jarayoni bilan bir vaqtda O`zbekistonga nisbatan asossiz axborot xuruji ham davom etayotgani haqida alohida to`xtalinadi. "Ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari Andijon voqealari va sud jarayoni haqida hali-hanuz bo`hton va uydirmalarga to`la axborotlarni berishmoqda. Vaholanki, xorijiy ommaviy axborot vositalari, ko`plab xalqaro tashkilotlar va chet el elchixonalari vakillari sud majlisi qanday o`tayotganini o`z ko`zi bilan ko`rib, o`z quloqlari bilan eshitmoqdalar. "Andijon voqealari yuzasidan o`tkazilayotgan sud jarayonida haqiqat, fikrimizcha, qilmishidan ming pushaymon, ko`zida yosh ila mung o`tirgan sudlanuvchi, o``lidan ayrilgan ota, boquvchisini yo`qotgan ayol timsolidadir",- deyiladi maqola so`ngida.

"Xalq so`zi" gazetasining bugungi (15 oktyabr) sonida chop etilgan "Ranglangan yuraklar" nomli maqolada ham Andijon voqealarini noxolis yoritayotgan xorijiy ommaviy axborot vositalari haqida so`z yuritiladi. "Ularning nazdida, jabrdiyda va guvohlarning gaplari, fikrlari go`yoki sudlanuvchilarning ko`rsatmalariga mos kelarmish. To``ri, Andijon voqealari, fojiasi -yagona. Unga qay tarafdan qaralmasin bir xil manzarani- qabohatni ko`rish mumkin. Natijada guvoh va jabrlanganlarning ham gaplari bir qutbga kelib birlashadi. Kulfat bir xil, ammo taqdirlar biri-biriga mutlaqo o`xshamaydi. Buni his etish kerak",- deb yozadi maqola muallifi. Yaqinlarini yo`qotganlarning va jarblanganlarning yuragi xastalangani, asablari buzilgani, so`lom hayoti izdan chiqqani haqida xorij matbuoti biror narsa yozmaydi. "Chunki ularning nafaqat yuragi, balki qo`ozlari ham oq emas. Har ikkalasi ranglangandir, aniqro`i ranglashtirilgan. Ular hayotni asl holida emas, ranglar orqali ko`rishga o`rgangan. Shunda birovning kulfatidan quvonish, o`zganing fojiasidan yayrab-yashnab yashash oson kechadi",- deyilgan maqolada.

"Narodnoe slovo" gazetasidagi "Tumandan kelgan pensioner ayolga piket nima uchun kerak?" nomli maqolada viloyat hokimiyati binosi oldida bo`lib o`tgan "namoyish" haqida sudda ko`rsatma bergan "Akromiylar" to`dasining vakillari viloyat sudi oldidagi piketda ko`proq odam qatnashishi uchun turli xil nayranglar, aldovlardan foydalanganlar. Misol uchun, Andijon viloyatining uzoq bir qishlo`ida yashaydigan pensioner Mavluda Qozoqovani ular ana shunday usulda o`zlarining "tadbirlariga" olib kelganlar. Guvoh qanday qilib uni mashinada sud binosi oldiga olib kelishgani, bu yerda nima qilishini bilmaganini, bir necha soatlik piketda ishtiroki uchun esa non va qand berishganini aytib berdi. "Menimcha,- deb yozadi maqola muallifi,- piketni tashkilotchilari tadbirlar uchun xorijdan olgan mabla`larini oqlashda ko`zbo`yamachilik bilan shu`ullanganlar".

"Pravda Vostoka" gazetasi esa Oliy sudda bo`lib o`tayotgan sud jarayonidagi guvohlar va jabrlanganlarning ko`rsatmalaridagi alohida bir narsaga ur`u bergan. U ham bo`lsa, terrorchilarning Qir`izistonga ko`plab odamlarni majburan olib ketganliklari va ular uchun ushbu mamlakatda oldindan palatkalar tayyorlab qo`yilgani haqidagi guvohliklardir. "Palatkali shaharcha" siri" nomli maqolada Qir`izistonga kelganlar orasida Andijon qamoqxonasidan terrorchilar tomonidan ozod etilgan jinoyatchilar ham borligi, ularga ham tez orada "qochqinlar" maqomi berilganligi yozilgan. Guvoh sifatida sudda ko`rgazma bergan Ikromiddin Karimov oldindan palatkalar tayyorlab qo`yilgani, xorijiy jurnalistlar kelganda palatkadan chiqarishmagan, ularga interv'yularni oldindan tayyorlangan kimsalargina berishgan. Maqolada palatkalarda yashagan 439 nafar O`zbekiston fuqarosi tashqi kuchlarning tavsiyasiga ko`ra Ruminiyaga ko`chirilgani, O`sh shahrining tergov izolyatorida bo`lgan va O`zbekiston tomoni Andijon voqealarida ishtirok etgani haqida e'tirozga o`rin qoldirmaydigan dalillarni keltirsa ham 15 nafar shaxsdan 11tasi yashirin ravishda Yevropaga jo`natilgani qayd etilgan. "Qochqinlar bo`yicha BMTning Bosh komissari boshqarmasi bu bilan suveren mamlakatning ichki ishiga aralashdi va o`zining faoliyatini siyosiylashtirdi",- deb yoziladi maqolada.